TOShKENT, 6 noya — Sputnik. 2023 yil noyabr oyi penciya va nafaqa to‘lovlari to‘liq moliyalashtirildi, deb xabar qildi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi.
Xabarda aytilishicha, joriy yilning noyabr oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan 4,5 mln nafar pensiya va nafaqa oluvchilar uchun talab etilgan mablag‘lar 6-noyabr kuniga qadar tijorat banklariga to‘liq moliyalashtirilib berildi.
O‘z navbatida 6-noyabr kuniga qadar pensiya va nafaqa to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi 3,4 mln nafar (yoki jami oluvchilarning 74 foizi) fuqarolarning bank kartalariga mablag‘lar to‘liq yuklab berilishi ta’minlandi.