TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Iroqning Shafaq Newsagentligi manbasiga ko‘ra, shia guruhlari AQShning Iroqdagi harbiy bazalariga dronlar yordamida hujum qilishga uringan.
"Ikkita dron kecha va bugun tongda Anbar viloyatidagi “Ayn al-Assad” harbiy bazasiga hujum qildi. Ikkala dron ham qurolli kuchlar tomonidan urib tushirildi", — dedi u.
Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, uchinchi dron Suriyaning Iroq bilan chegarasi yaqinida joylashgan “Et-Tanf” harbiy bazasi chekkasini nishonga olgan, biroq u ham urib tushirilgan.