TOShKENT, 05 noya — Sputnik. Isroilning Quddus ishlari va merosi vaziri Amixay Eliyaxuning aytishicha, G‘azo sektoriga atom bombasini tashlash mojaroning rivojlanishi uchun "imkoniyatlardan biri", bunga javoban hukumat va isroillik siyosatchilar bunday bayonotni qoralagan. Bu haqda RIA Novosti Times of Israel nashriga tayanib xabar berdi.
Kol Berama radiostansiyasiga bergan intervusida anklavga atom bombasini tashlash kerakmi, degan savolga meros vaziri Amixay Eliyaxu “bu imkoniyatlardan biri”, deb javob berdi, deb yozadi nashr.
Bundan tashqari, siyosatchi G‘azoga har qanday insonparvarlik yordamining qabul qilinishiga rozi emasligini aytib, Isroil "natsistlar"ga insonparvarlik yordamini o‘tkazmasligini va "G‘azoda ishtirok etmagan tinch aholi degan narsa yo‘qligini" aytdi.
Nashrning yozishicha, keyinroq X ijtimoiy tarmog‘ida Eliyaxu o‘z so‘zlarini rad etishga urinib, atom bombasi haqidagi mulohaza metafora ekanligi har qanday aqli raso odamga ayon ekanligini yozgan.
Isroil Bosh Vazirlik idorasi ijtimoiy tarmoq orqali Eliyaxuning so‘zlari "haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi" va Isroil va SAXAL begunoh odamlarga zarar yetkazmaslik uchun xalqaro qonunlarga muvofiq harakat qilayotganini bildirdi.
Bundan tashqari, Isroil muxolifati yetakchisi Yair Lapid vazirning bayonotlarini tanqid qilib, Netanyaxu bugun Eliyaxuni ishdan bo‘shatish kerakligini aytdi.