Rossiya aviakompaniyasi Toshkent va Qozonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘lamoqda

Parvozlar joriy yilning 16-noyabrida boshlanishi rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Rossiyaning “Red Wings” aviakompaniyasi Qozon — Toshkent — ​​Qozon yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Shaharlar o‘rtasida parvozlar joriy yilning 16-noyabrida boshlanishi rejalashtirilgan. Reyslar haftada bir marta, payshanba kunlari SU95 tipidagi samolyotlarda muntazam ravishda amalga oshiriladi.
“Red Wings” — Domodedovo aeroportida joylashgan Rossiya aviakompaniyasi bo‘lib, muntazam va charter yo‘lovchi reyslarini amalga oshirishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda aviatashuvchi O‘zbekistonning beshta shahridan Rossiya Federatsiyasining beshta shahriga parvozlarni amalga oshirmoqda.