TOShKENT, 1 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti administratsiyasida qator yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.
Gayratulla Xabibullayevich Yoziyev - Prezidentning kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Yoziyev O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Kaxraman Ramatullayevich Sariyev - prezidentning kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Sariyev prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Ulug‘bek Islomovich Muxammadiyev - prezidentning kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari - prezident Xalq qabulxonasi rahbari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Muxammadiyev prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Umar Sapayevich Ismailov - prezident Xalq qabulxonasi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Ismailov prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.