TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Kecha, 30-oktabr kuni Toshkent shahar hokimligida Turkiyaning “Acıbadem Healthcare Group” kompaniyasi vakillari bilan onlayn-uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, uchrashuvda Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov, Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzakov, hokim o‘rinbosarlari Sharof Raxmanov va Sanjar Obidov, Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi mutasaddilari ishtirok etdi.
“Uchrashuv davomida taraflar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlarni muhokama qilib, bu yo‘nalishda samarali hamkorlik qilish niyatini tasdiqladilar”, - deyiladi xabarda.
© Press-slujbi xokimiyata goroda Tashkenta
Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda “Acıbadem Healthcare Group” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum onlayn tarzda imzolandi.