O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda o‘zaro savdo hajmi $100 milliarddan oshadi — Overchuk

2023 yilda YeOII mamlakatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 100 milliard dollardan oshishi mumkin, dedi Aleksey Overchuk.
Sputnik
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari o‘rtasidagi savdo dinamikasi juda yaxshi ketmoqda, ayrim prognozlarga ko‘ra, joriy yilda ittifoq doirasidagi savdo hajmi 100 milliard dollardan oshishi mumkin, dedi jurnalistlarga Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk. RIA Novosti xabariga asosan.
"YeOII mamlakatlarida savdo dinamikasi juda yaxshi ketmoqda, men bu haqda doim gapiraman. Agar biz YeOII doirasidagi savdo qanday rivojlanayotganini va YeOII davlatlarining tashqi dunyo bilan savdosini solishtirsak, bu juda aniq bo‘ladi. YeOII ancha tez rivojlanmoqda”, — dedi u Xalqaro bojxona forumi chog‘ida.

"Buni, aslida, statistik ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. O‘tgan yili biz rekord ko‘rsatkichga erishdik - 84 milliard (dollar - tahr.), bu yil bizda ham yaxshi o‘sish bor. Yil, albatta, hali tugamagan, lekin bizda shunday bo‘ladi. Juda yaxshi o‘sish", - deya qo‘shimcha qildi Overchuk.

O‘zaro savdo 100 milliarddan oshadi degan prognozlar mavjud, ammo hali vaqt bor, dedi Overchuk YeOIIda bu yilgi savdo ko‘rsatkichlari haqida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu “haqiqatan ham, bugungi kunda YeOIIda beshta davlatimizdagi biznes vakillari bir-birlari bilan ishlash qulayroq, deb hisoblashlariga yordam beradigan sharoitlar yaratilgan”, deyish imkonini beradi.
Xalqaro bojxona forumi 2023-yil 30-31 oktabr kunlari bo‘lib o‘tmoqda. RIA Novosti forumning strategik axborot hamkori hisoblanadi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII va O‘zbekiston hamkorligining qaysi yo‘nalishlari eng istiqbolli? — YeIK javobi