TOShKENT, 30 okt — Sputnik. "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Toshkent xalqaro aeroportidan uchib ketadigan yo‘lovchilardan kechikmaslikni so‘ramoqda. Bu haqda kompaniyaning jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi boshligi Rimma Kuzmina Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, poytaxt aeroportiga olib boradigan yo‘llar va yo‘l o‘tkazgichlarida qurilish va ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
Tirbandliklarni hisobga olgan holda Toshkent shahar aeroportining xalqaro va respublika ichidagi terminallaridan rejalashtirilgan qatnovlarga ro‘yxatdan o‘tishga kechikmaslik uchun aeroportga yetib kelishni oldindan rejalashtirish so‘ralmoqda.
"Yo‘lovchilarda kechikish ehtimoli katta. Ular rejadagi vaqtdan 2 soat oldin yo‘lga chiqishlari kerak", — dedi Kuzmina.