TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Paraosiyo o‘yinlari ishtirokchilari Toshkent aeroportida tantanali ravishda kutib olindi, deya xabar berdi Uzbekistan airports.
Kecha Xanchjou shahridagi IV Paraosiyo o‘yinlarida ishtirok etgan milliy terma jamoa poytaxtga yetib keldi.
O‘zbekiston terma jamoasi Paraosiyo o‘yinlaridagi ishtirokini yakunlab, 11 sport turi bo‘yicha 79 medal – 25 oltin, 24 kumush va 30 bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Umumjamoa hisobida o‘zbekistonlik para-sportchilar 44 ishtirokchi davlat orasidan kuchli o‘ntalikka kirib 8-o‘rinni egalladi. Bu esa o‘z navbatida Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yaxshi natija bo‘ldi. Jamoani Toshkent aeroportida rasmiy kutib olish marosimida mutasaddilar, murabbiylar, jamoa a’zolarining yaqinlari va do‘stlari ishtirok etdi.