Isroil-Falastin mojarosi

Isroil armiyasi Suriyaning harbiy infratuzilmasiga hujum qildi

Isroil armiyasi Suriyadan o‘qqa tutilgani va javob o‘q uzgani haqida xabar bergan.
Sputnik
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) butun mamlakat bo‘ylab o‘qqa tutilishiga javoban Suriyadagi harbiy infratuzilmaga hujum qildi. Bu haqda RIA Novosti harbiylarning Telegram-kanaliga tayanib xabar berdi.
“Bir muncha vaqt avval, yakshanba kuni ertalab Suriyadan Isroil hududini o‘qqa tutganiga javoban SAXAL aviatsiyasi Suriya hududidagi harbiy infratuzilmaga zarba berdi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Isroil armiyasi Suriyadan o‘q uzilganini aniqlagani va javoban o‘q uzganini ma’lum qilgandi.