TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Isroil qizil chiziklarni kesib o‘tdi, bu har kimni harakat qilishga majbur qilishi mumkin. Bu haqda Eron prezidenti Ibrohim Raisiy ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti mamlakat prezidenti matbuot xizmatiga tayanib.
“Sionistik rejim jinoyatlari qizil chiziqlarni kesib o‘tdi, bu esa hammani chora ko‘rishga majbur qilishi mumkin. Vashington bizdan hech narsa qilmaslikni so‘ramoqda, lekin ular Isroilni keng ko‘lamda qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Avvalroq Eron prezidenti Arab Al-Jazeera telekanaliga bergan intervyusida Eron tomoni AQShning Tehronning Falastin-Isroil mojarosiga aralashmasligi haqidagi ogohlantirishlariga amal qilmasligini aytgan edi.