Suv va oziq-ovqat: Falastinliklar G‘azoda qanday kun kechirishmoqda?

G‘azo sektorida qurbonlar soni 8 ming kishidan oshgan, ularning yarmi bolalar, 18 mingdan ortig‘i yaralangan.
Sputnik
OAV xabarlariga ko‘ra, gumanitar yordam yuklangan yana bir karvon dushanba kuni Rafah chegara punkti orqali G‘azoga yetib kelgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Misr Qizil Yarim Oy jamiyati tomonidan taqdim etilgan gumanitar yordam olib ketilgan jami 34 ta yuk mashinasi dam olish kunlarida anklavga kirdi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastin Qochqinlar Agentligi (BAPOR) atigi uch kunlik yoqilg‘i borligidan ogohlantirdi. Yoqilg‘isiz suv ham bo‘lmaydi, shundan so‘ng kasalxonalar va novvoyxonalar o‘z faoliyatini to‘xtatadi va yoqilg‘i yetishmasligi G‘azoliklarning ahvolini yanada yomonlashtiradi.
1 / 12

Isroilning G‘azoga bergan zarbalaridan so‘ng bir kishi velosipedda oziq-ovqat qoplarini ko‘tarib ketmoqda.

2 / 12

Yosh falastinlik G‘azo sektorining janubidagi Rafah shahridagi suv to‘ldirish joyida plastik idishlar ustida o‘tiribdi.

3 / 12

Odamlar Isroilning zarbalari natijasida vayron bo‘lgan bino oldida non ko‘tarib ketishmoqda.

4 / 12

G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida ayollar suv qaynatish uchun qog‘oz yoqishmoqda.

5 / 12

Birlashgan Millatlar Tashkiloti yordam markazi. Falastinlik bir bola no‘xat ko‘tarib ketmoqda.

6 / 12

G‘azo sektorining janubidagi Rafah shahrida Isroil va Falastinning XAMAS guruhi o‘rtasida davom etayotgan janglar fonida falastinlik bolalar yuk mashinasining orqasida o‘ynashmoqda.

7 / 12

G‘azo shahrida Isroilning zarbalari natijasida vayron bo‘lgan bino oldida non ko‘tarib ketayotgan bola.

8 / 12

G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrida velosipedda ketayotgan yoshlar non olib ketishmoqda.

9 / 12

Suv to‘ldirish punkti. Navbatda turgan falastinlik bolakay plastik idishlar yonida kutmoqda.

10 / 12

Falastinlik erkaklar gaz yo‘qligi sababli katta qozonlarda yog‘och yoqib, ovqat tayyorlashmoqda.

11 / 12

G‘azo shahrida odamlar eshak tortgan aravalarda non tashimoqda.

12 / 12

Erkak velosipedda un olib ketmoqda.

Isroil-Falastin mojarosi
G‘azo sektoriga internet qayta boshladi