Isroil-Falastin mojarosi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi murojaat bilan chiqdi

“Iltimos, o‘z hayotingizni ehtiyot qiling”, deyiladi xabarda.
Sputnik
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi murojaat bilan chiqdi. Unda Isroildagi O‘zbekiston fuqarolaridan elchixonaga vaqtincha kelmay turish so‘ralgan.
“Hozirgi paytda mamlakatda murakkab vaziyat vujudga kelayotganligini e’tiborga olib o‘zingizning shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rishingizni va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni tavsiya etamiz. Zaruriyatsiz ko‘chaga va boshqa ko‘ngilochar muassasalarga tashrif buyurmang. Elchixonaga (konsullik xizmatlarini olish uchun) kelishni vaqtincha to‘xtatib turishni so‘raymiz. Iltimos, o‘z hayotingizni ehtiyot qiling”, - deyiladi xabarda.
Murojaatda elchixona konsullik bo‘limi ishonch telefonlari qoldirilgan:
03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076.
Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun:
+972 54 485 1397.