O‘zbekiston va YeOII

YeOII ko‘p qutbli dunyoni shakllantirish markazlaridan biriga aylanmoqda — Mishustin

Tashqi bosim sharoitida YeOII davlatlarining o‘zaro savdosi qariyb ikki baravar, sanoat ishlab chiqarish miqdori 20 foizga oshdi.
Sputnik
TOShKENT, 26 okt – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) ko‘p qutbli dunyo shakllantirish markazlaridan biriga aylanib bormoqda, u haqiqatda o‘zining dolzarbligi va chaqiriqlarga chidamliligini isbotladi, dedi Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin YeOII hukumatlararo kengashining Bishkekda bo‘lib o‘tayotgan tor doiradagi yig‘ilishida.

“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi ko‘p qutbli dunyoni shakllantirish markazlaridan biriga aylanib bormoqda, u amalda o‘zining dolzarbligi va tashqi chaqiriqlar va global muammolarga chidamliligini isbotladi. Uning faoliyati davomida besh davlatning o‘zaro savdosi qariyb ikki baravar, sanoat ishlab chiqarish – 20 foizga oshdi. Boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham yaxshi o‘sish kuzatilmoqda. Ular orasida qurilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, transportning barcha turlari bo‘yicha yuk aylanmasi, asosiy kapitalga investitsiyalar bor”, — dedi Mishustin.

Uning ta’kidlashicha, YeOII mamlakatlari noqulay tashqi muhitga qaramay, milliy iqtisodiyotlarni barqaror rivojlantirish muammolarini birgalikda hal etishni davom ettirish, tovarlar, xizmatlar, investitsiyalar va ishchi kuchi harakati erkinligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega.
“Oxir-oqibat, fuqarolarimizning hayot sifatini yaxshilash”, - dedi Rossiya bosh vaziri.
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston va YeOII tashqi savdosi yana o‘sdi