TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining yig‘ilish yakunlari bo‘yicha 14 ta hujjat imzolandi va qabul qilindi.
Yig‘ilishda ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida yangi sharoitlarda savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari va chora-tadbirlari yuzasidan fikr almashildi.
Eng muhim yakuniy hujjat ShHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining Qo‘shma bayonoti bo‘lib, unda kun tartibining dolzarb masalalari, shuningdek, ShHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha tomonlarning kelishilgan pozitsiyalari aks ettirilgan.
Shuningdek, ShHTga a’zo davlatlarning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini amalga oshirish doirasida o‘tkazilgan tadbir va yig‘ilishlar to‘g‘risidagi ShHT Kotibiyatining hisobotini tasdiqlandi. Banklararo assotsiatsiya va ShHT Ishbilarmonlar kengashining faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlar eshitildi.
ShHTga a’zo davlatlarning temir yo‘l ma’muriyatlari va xalqaro temir yo‘l transporti, shuningdek, elektron tijorat va savdo sohasida o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash maqsadida tegishli hujjatlar tasdiqlandi.
Tashkilotning doimiy organlari faoliyati va moliyaviy masalalari bo‘yicha ham qator qarorlar qabul qilindi.
Qabul qilingan hujjatlar ro‘yxati:
1.
Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qo‘shma kommunike;2.
ShHTga a’zo davlatlarning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini amalga oshirish doirasida o‘tkazilgan tadbirlar va yig‘ilishlar to‘g‘risidagi ShHT Kotibiyatining hisoboti bo‘yicha Hukumat rahbarlari kengashining qarori.3.
ShHTning 2022-yilgi budjet ijrosi bo‘yicha moliyaviy hisoboti bo‘yicha Hukumat rahbarlari kengashining qarori;4.
ShHTning 2024-yilgi budjeti to‘g‘risidagi Hukumat rahbarlari kengashining qarori;5.
Hukumat rahbarlari kengashining ShHTning moliyaviy qoidalari to‘g‘risidagi qarori;6.
ShHTning doimiy faoliyat yurituvchi organlari mansabdor shaxslariga ish haqi, kafolatlar va kompensatsiyalar to‘g‘risidagi qoidalar to‘g‘risidagi Hukumat rahbarlari kengashining qarori;7.
ShHTga a’zo davlatlar tashqi auditorlari komissiyasining ShHTga doimiy faoliyat yurituvchi organlarining moliya-xo‘jalik faoliyatining tashqi auditini o‘tkazish to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan Hukumat rahbarlari kengashining qarori;8.
ShHTga a’zo davlatlar temir yo‘l ma’muriyatlari (temir yo‘llari) o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi to‘g‘risidagi Hukumat rahbarlari kengashi qarori (Toshkent, 2019-yil 2-noyabr);9.
ShHT Kotibiyatining shtat jadvali to‘g‘risidagi Hukumat rahbarlari kengashining qarori;10.
ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasining shtat jadvali to‘g‘risidagi qaror;11.
ShHT mintaqasidagi xaridorlar va sotuvchilarning raqamli uchrashuvini o‘tkazish konsepsiyasi bo‘yicha Hukumat rahbarlari kengashi qarori;12.
2017 yil 1-dekabrdagi ShHT budjetini shakllantirish va ijro etish tartibi to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma;13.
Raqamli savdo sohasida tashqi iqtisodiy va tashqi savdo faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan ShHTga a’zo davlatlarning vazirliklari va idoralari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini o‘rganish tashabbusi (imzosiz qabul qilingan);14.
ShHTning 2024-yilda “Ekologiya yili”ga oid harakatlar rejasi.