TOShKENT, 25 okt — Sputnik. So‘nggi haftalar davomida Ukraina Qurolli kuchlarining (UQK) ko‘plab harbiy xizmatchilari ixtiyoriy ravishda taslim bo‘ldi yoki asirga olindi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.
“Shoygu so‘nggi uch-to‘rt hafta ichida UQK bo‘linmalaridagi yomon psixologik vaziyat haqida so‘zlab berayotgan ko‘plab asirga olingan ukrainalik harbiy xizmatchilar asirga olingani yoki ixtiyoriy ravishda taslim bo‘lganini ta’kidladi”, - deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.
Harbiylardan biri vazirga seshanba kuni asirga olingan to‘rt nafar UQK jangchisi haqida ma’lum qildi. Harbiyning so‘zlariga ko‘ra, asirga olinganlarning hammasi Lvovda yashagan va safarbar qilingan.