Isroil-Falastin mojarosi

Isroil Suriya harbiy infratuzilmasiga havo zarbalari berganini e’lon qildi

SAXAL Suriya qurolli kuchlari infratuzilmasiga zarba berilganini e’lon qildi.
Sputnik
TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) seshanba kuni Suriya armiyasining harbiy infratuzilmasiga zarbalar berganini ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“ SAXAL jangchilari kecha (seshanba) Isroilning o‘qqa tutilishiga javoban Suriya armiyasining harbiy infratuzilmasi va minomot inshootlariga hujum qildi”, — deyiladi departament bayonotida.
Seshanba kuni Isroil armiyasi Suriyadan o‘qqa tutilgani va artilleriyadan javob tariqasida o‘q uzgani haqida xabar bergandi.