TOShKENT, 25 okt — Sputnik. O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi, deya xabar berdi prokuratura matbuot xizmati.
Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) bosh prokurorlari kengashining ikkinchi yig‘ilishi doirasida Turkiya prezidenti va tashkilotga a’zo davlatlar bosh prokurorlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Turkiya prezidenti Tayip Rejep Erdog‘an
© Generalnaya prokuratura
Qayd etilishicha, tadbir davomida Turkiya prezidenti yig‘ilish ishtirokchilariga tashkilot doirasida o‘zaro hamkorlikni faol qo‘llab-quvvatlab kelishayotganligi uchun minnatdorchilik bildirgan.
"Tashkilotga a’zo davlatlar bosh prokuraturalari rahbarlarining o‘zaro huquqiy hamkorligi uyushgan jinoyatchilikning bir qator turlariga qarshi kurashish buyicha sa’y-harakatlarni birlashtirishga xizmat qilishi aytib o‘tildi", — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, 24-oktabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti bosh prokurorlari kengashining “Xalqaro huquqiy yordam ko‘rsatishning huquqiy asoslari: muammolar va davlatlar tajribasi” mavzusiga bag‘ishlangan ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, TDT kotibiyati hamda Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasi vakillari ishtirok etdi.