TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekiston musulmonlari idorasi (O‘MI) raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davron Maqsudov Dog‘iston respublikasi hukumati raisi Abdulmuslim Abdulmuslimov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda O‘MI matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 13 ta diniy ta’lim muassasasida salohiyatli diniy soha kadrlari tayyorlanmoqda.
O‘zbekiston muftiysi Dog‘iston delegatsiyasi bilan uchrashdi
© Upravlenie musulman Uzbekistana
"Dog‘iston Respublikasi hukumati raisi Abdulmuslim Abdulmuslimov ayni kunlarda Dog‘istonda xizmat qilayotgan din peshvorlarining aksariyati Buxoro va Toshkent shaharlaridagi o‘quv dargohlarida ta’lim olganini qayd etdi", — deyilgan xabarda.
Uchrashuvda diniy-ma’rifiy sohadagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va o‘zaro tajriba almashish uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Dog‘iston davlatiga taklif etildi.