TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Ukraina xavfsizlik xizmati (SBU) rossiyalik vatanparvar Darya Duginaning va yana o‘nlab kishilarning o‘ldirilishini uyushtirgan, deb yozmoqda AQShning "The Washington
Post" gazetasi Ukraina va AQSh xavfsizlik xizmatlari xodimlarning so‘zlariga tayanib.
Maqolada aytilishiga ko‘ra, Dugina o‘ldirilishidan bir oy oldin Rossiya hududiga ukrainalik ayol va uning 12 yoshli qizi Rossiyaga kirib kelgan. Mashina ichida mushuk uchun qafas bo‘lgan va uning ichida portlovchi qurilma yashirilgan bo‘lgan.
Maqolada aytilishiga ko‘ra, so‘nggi 20 oy ichida Ukraina xavfsizlik xizmati va Bosh razvedka boshqarmasi Rossiya tomonida bo‘lgan va maxsus operatsiyani qo‘llab-quvvatlagan kishilarga nisbatan o‘nlab qotilliklarni amalga oshirgan. Ular orasida Kiyevda bir necha jurnalistlar o‘ldirilishi, DXR va LXR rahbarlariga hujumlar, Krasnodarda sobiq suv osti kemasi kapitani o‘ldirilishi, Sankt-Peterburgda kafeda blogerga uyushtirilgan suiqasdlar bor, deyiladi maqolada.
Sentabr oyida SBUning sobiq boshlig‘i Valentin Nalivayichenko "Economist" jurnaliga ma’lum qilishiga ko‘ra, Qrim Rossiyaga qo‘shilganidan hamda DXR va LXR o‘z mustaqilligini e’lon qilganidan so‘ng 2015-yilda SBU tarkibida qotilliklar bilan shug‘ullanuvchi maxsus "Beshinchi boshqarma" tashkil etilgan (shu vaqtga qadar to‘rtta boshqarma bo‘lgan). Nalivaychenkoga ko‘ra, o‘shanda Ukraina rahbariyati "Rossiya hamkorlarini faqat qamoqqa olish yetarli emas" degan qarorga kelgan.
AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) Ukraina Bosh razvedka boshqarmasining yangi “maxsus kuchlar” shtab-kvartirasini qurish va jihozlash uchun katta sarmoya kiritgan. Yangi boshqarma xodimlari Ukrainada ham, AQShda ham o‘qitilgan, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan, deb yozadi "Vashington Post".
Shuningdek, MRB Ukraina Bosh razvedka boshqarmasiga josuslik uchun zarur jihozlarni olishda yordam bergan. Ukrainaliklar esa olingan ma’lumotlari bilan amerikaliklar bilan "o‘rtoqlashgan".
Bundan tashqari MRB ukrainalik "hamkasblarini" barcha kerakli razvedka ma’lumotlar bilan to‘liq ta’minlab turgan va ularga olingan axborotni qayta ishlashga yordam bergan.
Ana shunday hamkorlik natijasida ukraina maxsus xizmatlari Moskvaga dron hujumlari, Rossiya harbiy kemalariga ekipajsiz katerlar yordamida hujum qilish, Qrim ko‘prigida ikki marotaba terakt uyushtirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Odatda bundan operatsiyalar oldidan SBU MRBni xabardor qilgan, lekin amerikaliklarning javobi doim bir xil bo‘lgan "Biz bunda ishtirok etishni istamaymiz". Javob shunday bo‘lsada MRB SBU va Ukrainaning Bosh razvedka boshqarmasining Rossiya ichkarisida, tinch aholiga qarshi qartilgan, terrorchilik harakatlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etib kelmoqda.
"Vashington Post" mualliflari bunday faoliyatni boshqa davlatlar ichida ko‘plab qotilliklar uyushtirgan Isroilning "Mossad" maxsus xizmati faoliyatiga qiyoslagan.