TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Rossiyaning “Red Wings” aviakompaniyasi Qozon – Samarqand – Qozon yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airports” axborot xizmati xabar bermoqda.
Bu yo‘nalishdagi parvozlar 30-oktabrdan boshlanishi kutilmoqda. Reyslar haftada bir marta dushanba kunlari muntazam ravishda amalga oshiriladi.
“Red Wings” Domodedovo aeroportida joylashgan Rossiya aviakompaniyasi bo‘lib, muntazam va charter yo‘lovchi tashishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda aviatashuvchi O‘zbekistonning beshta shahridan Rossiyaning beshta shahriga parvozlarni amalga oshirmoqda.