O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasini qariyb 44,8 mlrd dollarga yetkazdi

Tashqi savdo aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 22,1 %ga oshdi.
Sputnik
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. O‘zbekiston 9 oyda tashqi savdo aylanmasi hajmini qariyb 44,8 mlrd dollarga yetkazdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Shu yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 44,7 mlrd dollardan oshgan.

“Tashqi savdo aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 22,1 %ga oshgan”, —deyiladi xabarda.

Eksport ko‘rsatkichi 17,7 mlrd, import esa 27,0 mlrdga teng bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 14,8 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan edi.