Namanganda xalqaro asal festivali o‘tkaziladi

Mazkur festivalda mahalliy va xorijiy asal yetishtiruvchilar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Joriy yilning 27–29 oktabr kunlari Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” tematik bog‘ida II-xalqaro asal festivali o‘tkaziladi. Bu haqda Namangan viloyati xokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur festivalda mahalliy va xorijiy asal yetishtiruvchilar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etadi.
Bundan tashqari, tadbir dasturidan O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi turizmini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan “Ilmiy-amaliy konferensiya” va asal ko‘rgazmalari, sport musobaqalari, mehmonlar uchun konsert, shuningdek asalarichilik sohasidagi yetakchi mahalliy va xorijlik mutaxassislardan mahorat darslari o‘rin olgan.
Festival doirasida “Afsonalar vodiysi” tematik bog‘ida “Eng yaxshi qadoqlangan asal” va “Eng tabiiy asal” nominatsiyalari bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.