Rossiyada davlat xizmatchilari uchun tavsiya etilgan avtomobillar e’lon qilindi

Davlat xizmatchilari uchun tavsiya etgan avtomobillar orasida Rossiyada ishlab chiqarilayotgan avtomobillar va Xitoy brendlarining Rossiyada mahalliylashtirilgan bir necha modellari bor.
Sputnik
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Rossiya Sanoat va savdo vazirligi xizmat avtomashinalari sifatida xarid qilinishi tavsiya etilgan avtomobillar ro‘yxatini e’lon qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
Amaldorlar uchu ustuvor tartibda xarid qilish tavsiya etilgan avtomobillar:
Lada brendining Vesta, Vesta SW Cross, Granta, Niva Travel, Niva Legend modellari;
UAZ brendining "Patriot", Pikap, "Profi", "Xanter", SGR modellari;
Aurus brendining Senat va Komendant modellari;
"Moskvich" brendining 3, 3e, 6 modellar;
Evolute brendining I-PRO, I-JOY, I-SKY modellari;
Haval brendining Jolion, Dargo, F7/F7x, H9 modellari.
Sanoat va Savdo vazirligi aynan ushbu modellarni tavsiya etishiga sabab — ushbu avtomobillarning mahalliylashtirish darajasi yuqori bo‘lganida. Mahalliylashtirish darajasi past bo‘lgan avtomobillarni maxsus ruxsatnoma bilan sotib olish mumkin.
Vazirlik, shuningdek, bozorga yangi modellar kirib kelishi bilan ro‘yxatni kengaytirishga va’da bergan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin yozda amaldorlarni mahalliy avtomobillarga o‘tkazishni buyurgan edi. Sanoat va savdo vazirligining ta’kidlashicha, bunday qaror ularga bo‘lgan talabni qo‘llab-quvvatlaydi va sanoat rivojiga xizmat qiladi.
Barcha amaldorlar mahalliy mashinalarda yurishi kerak — Putin