Jizzaxlik fermer rekord darajada piyoz yetishtirdi — foto

Hosil, har gektar maydondan 150 tonnani tashkil etib, bu borada yangi rekord o‘rnatildi.
Sputnik
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. O‘zbekistonda piyoz yetishtirish bo‘yicha yangi rekord qayd etildi, deya xabar berdi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Jizzax viloyati, Zomin tumanida fermer rekord darajada piyoz yetishtirdi. Qayd etilishicha, Chorvador QFY hududidagi “Jilg‘alisoy shabadasi” fermer xo‘jaligi rahbari Baxtiyor Mirzayev joriy yilda tik quduq qazib, o‘z dalalariga tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etgan.
Jizzaxlik fermer rekord darajada piyoz yetishtirdi
Buning natijasida, fermer xo‘jaligi dalalarida o‘zi yetishtirgan mahalliy piyoz urug‘larini ekib, rekord darajada piyoz yetishtirishga erishdi. Hosil har gektar maydondan 150 tonnani tashkil etib, bu borada yangi rekord o‘rnatildi.
Jizzaxlik fermer rekord darajada piyoz yetishtirdi
“Bu yilgi natija bilan to‘xtab qolish niyatimiz yo‘q, keyingi yilda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi ilmiy tadqiqot institutlari olimlari bilan birgalikda gektaridan 160 tonna hosil olishni reja qilganmiz. Keyingi 3-yilda hosilni yanada ko‘paytirib gektaridan 200 tonnagacha hosil olishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz”, – dedi Baxtiyor Mirzayev.
Jizzaxlik fermer rekord darajada piyoz yetishtirdi
Ma’lumot uchun, bugungi kunda dunyoda 4.5 million gektar maydonga piyoz ekilishi natijasida 92,1 million tonna mahsulot yetishtirilmoqda. O‘rtacha hosildorlik esa, gektaridan 19,3 tonnani tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon ilmiy-tajriba stansiyasidagi olimlar tomonidan piyozning “Malla” navi yaratildi. Shuningdek, Qashqadaryoda yangi piyoz navi parvarishlanmoqda.
O‘zbekiston piyoz eksportiga qo‘yilgan cheklovni bekor qildi