Tashqi ishlar vazirligida Hindiston elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Muzokaralar kun tartibidan ikki davlatning BMT va uning ixtisoslashgan idoralari, ShHT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorligi masalalari ham o‘rin oldi.
Sputnik
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Hindistonning Favqulodda va Muxtor elchisi Manish Prabxat bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan qator yo‘nalishlarda ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Qo‘shma tadbirlar jadvali, xususan, Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlislari hamda “Markaziy Osiyo – Hindiston” formatida vazirlar uchrashuvini o‘tkazish yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar kun tartibidan ikki davlatning BMT va uning ixtisoslashgan idoralari, ShHT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorligi masalalari ham o‘rin oldi.