TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Raqamli hukumat markazi va BYD kompaniyasi o‘rtasida shartnoma imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi “Bir makon, bir yo‘l” forumi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etish uchun Xitoyga borgan edi.
“Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi direktori Aziz Muhitdinov Xitoyning “BYD Auto Industry Co., Ltd” kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Muzokaralar natijasiga ko‘ra, “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” va “BYD Auto Industry Co., Ltd” o‘rtasida “Elektron hukumat” tizimining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Podpisano soglashenie mejdu Sentrom sifrovogo pravitelstva i BYD
© Ministerstvo sifrovix texnologiy Respubliki Uzbekistan
Ushbu shartnomada O‘zbekiston hududida “BYD Auto Industry Co., Ltd” tomonidan sotiladigan avtomashinalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazalari va avtomobillardagi yordamchi assistent hamda aktual dasturiy ta’minotlarni doimiy ravishda yangilab borish ko‘zda tutilgan.