"YeIK raisi xitoylik hamkorlarni YeOII va Xitoy orasidagi transport va infratuzilma bo‘yicha qo‘shma loyihalarda faolroq ishtirok etishga taklif qildi. Masnikovichning ta’kidlashiga ko‘ra, YeOIIda buning uchun zarur zamin yaratilgan. Xususan, 2022-yil avgust oyida Ittifoq hukumat rahbarlari transport sohasida yettita ustuvor integratsiya loyihalari ro‘yxati tasdiqlandi va ishlar ko‘lami belgilab olindi. Belarus va Xitoy o‘rtasida yirik transport loyihalari ishga tushgan", - deyiladi xabarda.
Masnikovichning fikriga ko‘ra, YeOII va Xitoyning ilg‘or bilim va texnologiya egalari umumiy muammolarni hal etishda faolroq ish olib borishlari kerak. Ushbu masala "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusini amalga oshirishda asosiy mavzulardan biriga aylanishi mumkin.