AQSh Yaqin Sharqda kuch ishlatish niyati haqida signallar yubormoqda — OAV

Blumberg: AQSh Yaqin Sharqda kuch ishlatish niyati haqida signallar yubormoqda.
Sputnik
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. AQSh, agar kerak bo‘lsa, Yaqin Sharqda kuch ishlatish niyatida ekanligi haqida signallar yubormoqda. Bu haqda amerikalik mansabdor shaxsga tayanib, "Blumberg" xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Avvalroq Amerikaning "Jerald Ford" aviatashuvchi kemasi zarba beruvchi guruh bilan O‘rtayer dengizi sharqiy qismiga yetib kelgan edi. Yana bir samolyot tashuvchisi "Duayt Eyzenxauer" ham mintaqaga joylashtirilmoqda.
Bundan tashqari, Washington Post to‘rt mingdan ortiq dengizchilar va dengiz piyodalaridan iborat Bataan desant qo‘shinlari Isroil qirg‘oqlarida o‘sib borayotgan Amerika flotiga qo‘shiladi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, kemalarning bu tarzda joylashtirilishi Eron ishonchli vakillarining Isroil-Falastin mojarosiga aralashib qolishining oldini olishga qaratilgan.
"Qo‘shma Shtatlar yopiq kanallar orqali... Eronga kerak bo‘lsa, kuch ishlatishga jiddiy yondashayotganini bildirishdi", - deb yozmoqda nashr.
Isroil-Falastin mojarosi
Baydenning Yaqin Sharqdagi vositachiligi muvaffaqiyatsizlikka uchradi – OAV