O‘zbekiston va YeOII

YeOII va "Bir makon, bir yo‘l" parallel rivojlanadi — Putin

Rossiya va Xitoy YeOII hamda "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusini parallel va muvofiqlashtirilgan holda rivojlantirishga kelishib oldi — Putin.
Sputnik
TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi turli integratsiya jarayonlari, jumladan, YeOIIni o‘z ichiga olgan o‘zaro bog‘langan Yevroosiyo makonini shakllantirish haqidagi Rossiya g‘oyalari bilan hamohangdir, dedi Vladimir Putin.
O‘z nutqida Rossiya prezidenti Rossiya va Xitoy uzoq muddatli iqtisodiy taraqqiyotga erishish uchun teng huquqli, o‘zaro manfaatli hamkorlikka intilishlarini aytib o‘tdi.
“Mana shunday asosiy tamoyillar asosida qurilgan “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi turli mintaqalarda rivojlanayotgan integratsiya jarayonlariga juda mos keladi va u Rossiyaning savdo, sarmoya, mehnat erkinligi ta’minlangan integratsiya zanjirini yaratish g‘oyalari bilan hamohangdir”, — dedi Putin.

“Biz taklif etgan katta Yevroosiyo makonida hamfikrlik asosida, turli integratsiya jarayonlari, jumladan "Bir makon, bir yo‘l" tashabbusi, ShHT, ASEAN va YeOII doirasida bir vaqtning o‘zida davom etadi. YeOII bugungi kunda sobiq SSSR hududida hamkorlar bilan muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Rossiya va Xitoy kelajakda YeOII va "Bir kamar, bir yo‘l" tashabbusini parallel va muvofiqlashtirilgan holda rivojlantirishga kelishib olishdi", — dedi Putin.

“Bir makon, bir yo‘l” Xitoyning Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrikaning 60 tadan ortiq davlatlarini bog‘lovchi mavjud savdo va transport yo‘laklarini takomillashtirish va yangi savdo va transport yo‘laklarini yaratish bo‘yicha xalqaro tashabbusi bo‘lib, ular bilan Xitoy o‘rtasidagi savdo aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, 17-18 oktabr kunlari Pekinda Xitoy yetakchisi Si Szinpinning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi o‘n yilligi munosabati bilan uchinchi yuqori darajadagi forumi bo‘lib o‘tmoqda.