TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Qozon va Samarqand turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzoladi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
Hujjat Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasi doirasida o‘tkazilayotgan global investitsiya forumida imzolandi.
“Bizning hamkorligimiz asosan shaharlarimizdagi ijtimoiy tarmoqlarda bannerli reklama va yangiliklar almashishda rivojlanadi. Shuningdek, tadbirlarda, masalan, Samarqand restoranlari ham ishtirok etishi mumkin bo‘lgan “Vkusnaya Kazan” gastronomik festivali”, - dedi Qozon shahar turizmni rivojlantirish qo‘mitasi direktori Darya Sannikova.
16–20 oktabr kunlari Samarqanddagi “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.