Jizzaxda Rossiya ishtirokida yaratilayotgan agrokompleks “Agroekspress” loyihasiga qo‘shiladi

Qayd etilishicha, qo‘shma korxonaning birinchi bosqichida Rossiyaga yetkazib berish uchun yiliga 270 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash imkoniyati yaratiladi.
Sputnik
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Rossiyaning “Milliy zaxira korporatsiyasi” (NRK) ishtirokida yaratilayotgan O‘zbekistondagi agrokompleksni “Agroekspress” loyihasiga qo‘shish rejalashtirilmoqda, deb xabar bermoqda NRKning O‘zbekistondagi hamkori BMB Holding matbuot xizmati.
2019 yil dekabr oyida NRK Jizzax viloyatida agrologistika majmuasini yaratish bo‘yicha “BMB-NRC Agrologistics” MChJ shaklida O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasini tashkil qildi. O‘zbekiston tomonidan ta’sischi VMV Holding kompaniyasi hisoblanadi.
Avvalroq mazkur majmua joriy yilning oktabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan edi.
Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, loyiha ishtirokchilari agrokompleksning birinchi bosqichini foydalanishga topshirish va ikkinchi bosqich qurilishini boshlash chora-tadbirlarini muhokama qildi.
“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qisqa muddatda Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlariga tezurar konteyner poyezdlarida eksport qilish uchun “Agroekspress” loyihasiga korxona quvvatini qo‘shish bo‘yicha ham vazifalar belgilandi”, — deyiladi BMB Telegram kanali xabarida.
Qayd etilishicha, qo‘shma korxonaning birinchi bosqichida Rossiyaga yetkazib berish uchun yiliga 270 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash imkoniyati yaratiladi. Umumiy qiymati 57,7 million dollar bo‘lgan loyiha 810 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga mo‘ljallangan to‘rtta modul qurish, sig‘imi 10 ming tonna bo‘lgan muzlatgich kameralari va bo‘sh omborlarni tashkil etishni nazarda tutadi. Kompleksasosida Rosselxoznadzorning akkreditatsiyalangan laboratoriyasi ham ochiladi, bu esa mahsulotlarni hech qanday kechikishlarsiz yetkazib berish imkonini beradi.