Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yangi rahbar tayinlandi

Shamsiddin Sohibnazarov Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Sputnik
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yangi rahbar tayinlandi, deya xabar berdi Bosh prokuratura.
O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Shamsiddin Sohibnazarov Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Sohibnazarov tayinlovga qadar departamentning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Ma’lumot uchun, departamentni 2019-yildan buyon Dilshod Rahimov boshqarib kelayotgan edi.