“Flynas" aviakompaniyasi Namangandan Jiddaga ilk parvozini amalga oshirdi

Jidda-Namangan-Jidda yo‘nalishidagi pavozlar xaftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. “Flynas" aviakompaniyasi Namangandan Jiddaga ilk parvozini amalga oshirdi, deya xabar berdi Namangan xalqaro aeroporti.
“Flynas" aviakompaniyasining havo kemasi 16-oktabr kuni ilk bor Namangan xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. An’anaga muvofiq havo kemasi aeroportda sun’iy suv arkasi bilan kutib olindi.
“Flynas" aviakompaniyasi Namangandan Jiddaga ilk parvozini amalga oshirdi
Aviakompaniyaning A 320 Neo rusumli havo kemasi ilk bor Jidda-Namangan-Jidda yo‘nalishida parvozni amalga oshiradi.
“Flynas" aviakompaniyasi Namangandan Jiddaga ilk parvozini amalga oshirdi

“Aviakompaniyaning A320 Neo rusumli havo kemasi ilk bor Namangandan 166 nafar yo‘lovchini Jidda shahriga olib ketdi”, — deyiladi xabarda.

Jidda-Namangan-Jidda yo‘nalishidagi pavozlar xaftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
“Flynas" aviakompaniyasi Namangandan Jiddaga ilk parvozini amalga oshirdi
Ma’lumot uchun, “Flynas" aviakompaniyasi bugungi kunda Toshkent va Namangan shaharlaridan Jidda shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni amalga oshirib kelmoqda.