O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda elektron tijorat uchun "o‘yin qoidalari"ga ehtiyoj tug‘ilmoqda — YeIK

YeOII vakillari Ittifoq darajasida elektron tijoratda aniq va shaffof qoidalarini belgilash zarurligini qo‘llab-quvvatladi.
Sputnik
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. YeOIIda elektron tijorat yuqori sur’atda rivojlanmoqda, shu sababli bu sohada umumiy o‘yin qoidalariga ehtiyoj paydo bo‘lmoqda, dedi YeIK Bojxona, tarif va notarif tartibga solish departamenti direktori Vaagn Kazaran Ostonada bo‘lib o‘tgan "Digital Bridge 2023" forumi doirasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, YeOIIga a’zo barcha davlatlar bozorlarida elektron tijoratning rivojlanish tezligi hamda barcha a’zo mamlakatlarda onlayn savdo qiluvchi platformalar, tovar yetishtirib beruvchilar va xaridorlarning paydo bo‘lishi YeOIIda ushbu sohaga taalluqli qoidalar ishlab chiqishni taqozo etadi.
“Biz birinchi navbatda YeOII makonida tovarlarning elektron savdosi sohasida umumiy o‘yin qoidalarini o‘rnatishimiz kerak. Shunda u iste’molchilar va insofli sotuvchilar hamda yetkazib beruvchilar va elektron savdo maydonchalari manfaatlarini hisobga olgan holda shaffof va adolatli rivojlanadi”, - deya ta’kidladi Kazaran.
YeIK departamenti direktori ishtirok etgan sessiyada hozirda Komissiya saytida ishlab chiqilayotgan YeOIIda elektron tijorat to‘g‘risidagi bitim loyihasi, shuningdek, huquq va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir doirasida ayni damda YeIK Departamenti tomonidan ishlab chiqarilayotgan YeOIIda elektron savdo bo‘yicha shartnoma batafsil muhokama qilindi. Shuningdek, iste’molchilar shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish, Elektron savdoni rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan omillar o‘rganib chiqildi.
Anjuman ishtirokchilarining aksariyati YeOII darajasida maxsus xalqaro shartnoma tuzish orqali elektron tijoratda o‘yinning aniq va shaffof qoidalarini belgilash zarurligini qo‘llab-quvvatladi.
Sessiya davomida “Ozon Kazakhtan”, "Aliexpress", "Omniva", "Kazpost" AJ, “Elektron moliya markazi” AJ kabi kompaniya rahbarlari ham so‘zga chiqdilar.