Shavkat Mirziyoyev Xitoyga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqanddga tashrifini yakunlab Xitoyga jo‘nab ketdi.
Sputnik
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-oktabr kuni Si Szinpin taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Xitoyga jo‘nab ketdi.
"Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Pekin shahrida “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumida ishtirok etadi. Shuningdek, XXR Raisi Si Szinpin va Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi Van Xunin bilan muzokaralar, boshqa ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan", - deyiladi rasmiy xabarda.
Oldin xabar berilganidek, Xitoyda 17-18 oktabr kunlari "Bir makon, bir yo‘l" uchinchi xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi. Unda o‘tgan 10-yillik davrda erishilgan asosiy natijalar sarhisob qilinadi, kelgusi hamkorlikning yangi vazifalari belgilab olinadi.
Sammit kun tartibida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy, “yashil” taraqqiyot, raqamlashtirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.