TOShKENT, 16 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarusning Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlat maqomini olish bo‘yicha majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandumni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
“Belarus Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat maqomini olish bo‘yicha majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum tasdiqlansin”, - deyiladi hujjat matnida.
TIV respublika mazkur xalqaro shartnomani kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillarini bajargani to‘g‘risida ShHT kotibiyatiga tegishli bildirishnoma yuboradi.
ShHT 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. 4-iyul kuni Eron tashkilotning to‘laqonli a’zosi bo‘ldi va bu bilan a’zolar soni 9 taga yetdi. Bungacha ShHTga Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston kirardi.
Kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus, Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.
ShHTning Samarqand sammiti doirasida Belarusga ShHT to‘laqonli a’zosi maqomini berish tartibini boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Mamlakat 2022-yil 15-iyul kuni ShHTga qo‘shilish to‘g‘risida ariza bergandi. Tashkilotning bu yil Nyu-Dehlida bo‘lgan o‘tgan sammitida mamlakat to‘liq a’zo maqomini olish borasida majburiyatlar to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.