Muzliklarning erishi Amudaryo va Sirdaryo suvlarining 15 % kamayishiga olib kelishi mumkin

MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasi qarorgohida “Tog‘li hududlarni barqaror rivojlantirish” xalqaro forumining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Muzliklarning erishi Amudaryo va Sirdaryo suvlarining 10-15 foizga kamayishiga olib keladi. Bu haqda senator Boriy Alixanov ma’lum qildi.
MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasi qarorgohida “Tog‘li hududlarni barqaror rivojlantirish” xalqaro forumining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish va ekologiya masalalari qo‘mitasi raisi Bo‘riy Alixanov o‘z nutqida muzliklarning erishi muammosiga to‘xtaldi.
Senator Bo‘riy Alixonov

"So‘nggi 20-25 yil ichida yozda yog‘ingarchilik miqdori sezilarli darajada kamaygan. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, har daqiqada to‘qqiz kvadrat metr hududning unumdor maydoni cho‘lga aylanadi. Bunday jarayonlarning global va xavfli oqibatlaridan biri ko‘p yillik muzliklarning intensiv erishi - so‘nggi 40-yil ichida muzlik massasining 30 foizi. Kelgusi o‘n yil ichida bu Amudaryo va Sirdaryo suvlarining 10-15 foizga kamayishiga olib keladi", — dedi Alixanov.

Uning qayd etishicha, 2027-yilda bo‘lib o‘tadigan Tog‘ sammitiga tayyorgarlikni boshlash kerak.
Olimlar muzliklarning harakatini Saturn yo‘ldoshi orqali o‘rganmoqchi
"Men tog‘ resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish bo‘yicha kelishilgan siyosat va yagona qonunchilik platformasi bo‘yicha MDH PAning yagona pozitsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ishni hozirdan boshlashni taklif qilaman", — deya qo‘shimcha qildi senator.
MDH PA Kengashi Bosh kotibi Dmitriy Kobiskiy
MDH PA Kengashi Bosh kotibi Dmitriy Kobiskiyning qayd etishicha, hududlarni barqaror rivojlantirish masalalari Assambleyaning qonun ijodkorligi faoliyatida ustuvor yo‘nalishlardan birini egallaydi.
Antarktidadagi muz miqdori rekord darajaga tushdi