Putin: Amerika OAVlari ko‘pincha haqiqatni buzib ko‘rsatadi

Rossiya prezidenti Amerika OAVlari yaxshi narsaga o‘rgatmasligini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Amerika OAVlari ko‘pincha haqiqatni buzib ko‘rsatadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘izistonga tashrifi yakuni bo‘yicha tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Siz bekorga Amerika OAVlarini o‘qiysiz. Birinchidan, ular ko‘pincha haqiqatni noto‘g‘ri talqin qilishadi. Qo‘shma Shtatlarning sobiq prezidentini tinglash kifoya. Siz u aytgan gaplarni eshiting. U sizga Amerika ommaviy axborot vositalarining bugungi rivojlanish darajasiga yaxshi tavsiyanoma beradi. Ular sizga yaxshi narsani o‘rgatmaydi”, - dedi Putin Amerika OAVlarining Qirg‘izistonning Kant shahridagi aviabaza go‘yoki bo‘shab qolgani haqidagi xabarlariga munosabat bildirayotib.
Japarov: Kantdagi Rossiya bazasini Markaziy Osiyodagi xavfsizlik va barqarorlik kafolati