Bu o‘rtoqlik uchrashuvi, ammo biz har doim o‘yinlardan faqat g‘alaba kutamiz — Timur Kapadze

Timur Kapadze futbolchilarning tayyorgarligiga ishonch bildirdi, biroq Ispaniya futbolchilari taktik jihatdan yaxshi ekanini tan oldi.
Sputnik
TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Bu o‘rtoqlik uchrashuvi, ammo biz har doim o‘yinlardan faqat g‘alaba kutamiz. Bunday fikrni futbol bo‘yicha yoshlar terma jamoasi murabbiysi Timur Kapadze Ispaniya bilan o‘yin oldidan o‘tkazilgan anjumanda aytib o‘tdi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Timur Kapadze futbolchilarning tayyorgarligiga ishonch bildirdi, biroq Ispaniya futbolchilari taktik jihatdan yaxshi ekanini tan oldi.

“Ispaniya yoshlar terma jamoasi nisbatan yaqinda tuzilganiga qaramay, Ispaniyada futbolchilar bolalikdan taktik jihatdan kuchli ekanligini unutmasligimiz kerak", — deydi Kapadze.

Shuningdek, bosh murabbiy ertaga tarkibda rotatsiyalar bo‘lishi kutilayotgani, Osiyo o‘yinlaridan so‘ng terma jamoaga kelib qo‘shilgan futbolchilar Xolmatov va Rahmonaliyevlar maydonga tushishi mumkinligini aytdi.
Futbol: O‘zbekiston — Ispaniya uchrashuvi qayerda va qachon bo‘lib o‘tadi?