TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tashqi ishlar vazirlari Xalqaro rus tili tashkilotini tashkil etishni ma’qullashdi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
Bunday qaror Bishkekda bo‘lib o‘tayotgan MDH davlatlari tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida qabul qilindi.
"U (Xalqaro rus tili tashkiloti - tahrir) har qanday manfaatdor davlat, shu jumladan Hamdo‘stlikka a’zo bo‘lmaganlar uchun ochiq bo‘ladi", - dedi Rossiya TIV rahbari.