TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Rossiyaning Qirg‘izistondagi Kant aviabazasi Markaziy Osiyodagi xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashning ishonchli kafolati bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ma’lum qildi.
“Bugun biz to‘liq ishonch bilan ayta olamizki, Kant shahridagi Rossiya aviatsiya bazasi Markaziy Osiyo mintaqasidagi xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashning ishonchli kafolatidir”, - dedi Japarov aviabazaning 20-yilligiga bag‘ishlangan marosimda nutq so‘zlayotib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya aviabazasi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarmoqda va terrorchilik va ekstremistik tahdid uchun tiyib turuvchi omil bo‘lib qolmoqda.
Japarov Kantda aviabazani ochish zarur va o‘z vaqtida ko‘rilgan chora bo‘lganini qo‘shimcha qildi.
Rossiya aviabazasi Qirg‘izistonning Chuy viloyatidagi Kant harbiy aerodromida joylashgan. U ham front, ham harbiy-transport aviatsiasi samolyotlarini qabul qilishga qodir. Bazaning asosiy vazifasi – O‘rta Osiyo havo maydonini nazorat qilish.