TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Bugun, 11-oktabr kuni soat 14:21 da Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Beshqayrag‘och ko‘chasida oqova (chiqindi) suvlari uchun mo‘ljallangan chuqurlikni qazish vaqtida o‘pirilish sodir bo‘lgan. 3 nafar fuqaro tuproq ostida qolib ketganligi taxmin qilinmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
“Hodisa joyiga zudlik bilan yetib borgan shahar FVBning 2 ta qutqaruv otradi 16 nafar qutqaruvchilari tomonidan tuproq ostida qolib ketgan fuqarolarni qidiruv ishlari olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Voqea joyiga shahar FVB, SSB, IIB rahbar xodimlari chiqqan.
Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.