Toshkent metrosi uchun yil oxirigacha 56 ta vagon xarid qilinadi

Bir kunda o‘rta hisobda metropolitenning yo‘nalishlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni 690-700 mingni tashkil etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. O‘zbekistonda joriy yil yakuniga qadar 56 ta va 2024-yil davomida yana qo‘shimcha 104 dona zamonaviy metro vagoni xarid qilinadi. Bu haqda AOKAda Transport vazirligi, "Toshkent metropoliteni" DUK rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, joriy yilning sentabr oyidan boshlab Toshkent metropolitenidan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni o‘tgan yilga nisbatan mutanosib ravishda kuniga 200 mingdan ortishi kuzatildi.
Bir kunda o‘rta hisobda metropolitenning yo‘nalishlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni 690-700 mingni tashkil etmoqda.
Metropolitenning tig‘iz vaqtlaridagi ish faoliyati davomida, yo‘lovchilar soni meyordan ortiq bo‘lgan metro harakat tarkiblarida 2 daqiqadan 12 daqiqagacha to‘xtab qolish holatlari 4-marta kuzatilgan.
Qayd etilishicha, yil oxiriga qadar Chilonzor, O‘zbekiston, Yunusobod va yer usti xalqa yo‘li yo‘nalishida yangi vagonlar qo‘shiladi hamda buning hisobiga oraliq interval yanada kamaytiriladi.
Toshkent metrosida texnik nosozlik kuzatildi