Putin: Rossiya resurslaridan voz kechish oqibatlarini tushunmaslik uchun ahmoq bo‘lish kerak

Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, dunyoda ma’lum darajadagi qazib olish va iste’mol qilish hajmi mavjud.
Sputnik
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Rossiya energiya resurslaridan voz kechib, o‘zlariga zarar yetkazishganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “buni tushunmaslik uchun kishi kaltafahm bo‘lishi kerak”.
Bu haqda putin Rossiya energetika haftaligi yalpi majlisida ma’lum qildi.
Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, dunyoda ma’lum darajadagi qazib olish va iste’mol qilish hajmi mavjud. Biror bir mintaqada xarid qilish qisqarsa, iste’mol talaba hajmi baribir saqlanib qoladi. Shu bois boshqa joydan xarid qilishga to‘g‘ri keladi.
“Busiz bo‘lmaydi. Buni tushunmaslik uchun g‘irt kaltafahm bo‘lish kerak”, - dedi Putin.