TOShKENT, 10 okt — Sputnik. G‘arb ozchiligi dunyoda jiddiy inqirozni keltirib chiqardi, global mojaro xavf-xatari esa ortib bormoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi. Vazir maqolasi Rossiya TIV saytida chop qilingan.
“G‘arb ozchiligining agressiv, tor g‘arazli yo‘li xalqaro munosabatlarda jiddiy inqirozni keltirib chiqardi. Global mojaro xavf-xatari o‘sib bormoqda”, - deya yozadi Rossiya TIV rahbari.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, “yuzaga kelgan vaziyatdan chiqishning yo‘li bor”. Buning uchun hamma dunyo taqdiri uchun mas’uliyatni his etishi lozim.