TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Nilufar Allabergenova Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Allabergenova Nilufar Anvarovna 1971-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
1995 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Qator mas’uliyatli vazifalarda, shu jumladan, turli yillarda Yashnobod, Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida prokuror o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
2019 yildan shu kunga qadar Yakkasaroy tumani prokurori sifatida faoliyat yuritgan.