“O‘ztransgaz” boshqaruv raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

"O‘ztransgaz" boshqaruv raisiga ikki birinchi o‘rinbosar va bir o‘rinbosar tayinlandi.
Sputnik
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. "O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, Muhsin Rahmonov kompaniya boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari — bosh muhandis lavozimiga tayinlandi.
U tayinlovga qadar "O‘ztransgaz" AJ Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — bosh muhandis lavozimida faoliyat yuritgan.
Muxsin Narzilloyevich Raxmonov.
Jahongir Baybayev kompaniya boshqaruv raisining qurilish va transport bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Shu paytga qadar u Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi — "O‘zenergoinspeksiya" Neft-gaz sohasida nazorat tadbirlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Jaxongir Baxtiyarovich Baybayev
Shohjahon Safarov kompaniya boshqaruv raisining transformatsiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchisi etib tayinlandi.
Bu tayinlovga qadar u "O‘ztransgaz" AJ investitsiyalar va istiqbolli rivojlanish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlayotgandi.
Shoxjaxon Ilxomovich Safarov.
Avgust oyida "O‘zneftgazinspeksiya" rahbari o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Askar Isakov "O‘ztransgaz" boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan edi