Medvedev: Ukrainaga berilgan qurol-yarog‘ Isroilda faol qo‘llanilmoqda

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Ukrainaning poraxo‘r hukumati avval ham xorijlik hamkorlardan olgan hamma narsani pullaganini eslatgan.
Sputnik
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. NATOning Kiyevga bergan qurol-yarog‘i Isroilda faol qo‘llanilmoqda. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.
“Xo‘sh, natolik do‘stlar, o‘yindan o‘t chiqdimi? Ukrainadagi neonatsist rejimiga berilgan qurol Isroilda faol qo‘llanilmoqda”, - deb yozdi Medvedev o‘zining Telegram-kanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qurol-yarog‘ Amerika qo‘shinlarining Afg‘onistondan qochib ketish paytida tashlab ketilgan qurollar kabi barcha qaynoq nuqtalarda nazoratsiz foydalaniladi.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Ukrainaning poraxo‘r hukumati avval ham xorijlik hamkorlardan olgan hamma narsani pullaganini qayd etgan.
“Juda o‘xshaydi”: Trampning o‘g‘li falastinliklar qo‘lida Amerika qurolini ko‘rib qoldi
“Gaz va neft, mahsulotlar, materiallarni o‘g‘irlashgan. Yomon yotgan hamma narsani o‘g‘irlashgan. Bundan buyog‘i faqat yomon bo‘ladi. Qora bozorda raketa, tanklarni, tez orada esa Kiyevdan samolyotlarni kuting”, - deya xulosa qilgan Medvedev.
AQSh Kongressi a’zosi HAMAS Amerika qurollarini qayerdan olganini tekshirishga chaqirdi