TOShKENT, 9 okt — Sputnik. 4-oktabr kuni Avstriyaning Karintiya federal yerining Diks shahri yaqinida o‘quv samolyotida bo‘lgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halokatga uchradi.
O‘zbekiston elchixonasi xabariga ko‘ra, 21 yoshli K.N. va A.X. Sloveniyadagi “Aviation Career Center” aviamaktabining talabalari va hozirda Karintiya federal yeri klinikalarda davolanmoqda.
O‘zbekiston diplomatlari vatandoshlar bilan bog‘langan. Talabalarga zaruriy yordam ko‘rsatilmoqda.
Shuningdek, elchixona Karintiya huquq-tartibot idoralari vakillari, tibbiyot muassasalari ma’muriyati va boshqa tegishli tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatgan.
Vaziyat nazoratga olingan.